RAQAMLI KOMMUNIKATSIYA SHAROITIDA O‘ZBEK TILINING LEKSIK-SEMANTIK O‘ZGARISHLARI
Keywords:
raqamli kommunikatsiya, o‘zbek tili, leksika, semantika, neologizm, o‘zlashma so‘zlar,Abstract
Mazkur maqolada raqamli kommunikatsiya sharoitida o‘zbek tilining lug‘aviy tarkibida yuz berayotgan leksik-semantik o‘zgarishlar lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, ijtimoiy tarmoqlar,
messenjerlar va onlayn platformalarning kundalik muloqotdagi mavqeyi ortishi natijasida o‘zbek tilining faol lug‘at tarkibiga yangi birliklar kirib kelayotgani, mavjud leksemalarning ma’no doirasi kengayayotgani hamda ayrim birliklarning
yangi kommunikativ vazifalarni bajarayotgani asoslanadi. Tadqiqotda neologizmlar, o‘zlashma birliklar, qisqartmalar, kalkalashuv, semantik kengayish, semantik torayish va ma’no ko‘chishi kabi hodisalarning raqamli diskursdagi namoyon bo‘lish xususiyatlari o‘rganilgan.
Downloads
References
1. Nurmonov A. O‘zbek tilshunosligi tarixi. — Toshkent.
2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. — Toshkent.
3. Abdurahmonov G‘. O‘zbek tili grammatikasi. — Toshkent.
4. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. — Toshkent.
5. Begmatov E. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. — Toshkent.



















