ME’DA OSTI BEZI TUZILISHI, ANATOMIYASI VA KLINIK AHAMIYATI
Qilichev Baxrom
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Termiz filiali talabasi
Keywords: me’da osti bezi, anatomiyasi, fiziologiyasi, ekzokrin va endokrin funksiyalar, insulin, pankreatit, diabet mellitus, klinik ahamiyat.
Abstract
Me’da osti bezi (pancreas) — inson organizmidagi aralash sekretsiya bezlaridan biri bo‘lib, u ham ekzokrin, ham endokrin funksiyalarni bajaradi. Bezning tuzilishi, joylashuvi va qon ta’minoti uning fiziologik faoliyatini ta’minlaydi. Me’da osti bezi ichak ostida joylashgan bo‘lib, bosh, tana va dum qismlaridan tashkil topgan. Uning ekzokrin qismi ovqat hazm qilish fermentlarini ishlab chiqaradi, endokrin qismi esa insulin, glukagon va somatostatin gormonlarini ajratib, uglevod almashinuvini boshqaradi. Ushbu bezning tuzilishi va faoliyatidagi buzilishlar qator kasalliklar, xususan, pankreatit, diabet mellitus va o‘smalar rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun me’da osti bezining anatomiyasi va klinik ahamiyatini chuqur o‘rganish tibbiy amaliyotda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1.Slack JM. Developmental biology of the pancreas. Development. 1995 Jun;121(6):1569-80.
2. Kulenović A, Sarac-Hadzihalilović A. Blood vessels distribution in body and tail of pancreas- a comparative study of age related variation. Bosn J Basic Med Sci. 2010 May;10(2):89-93.
3.Lewis MP, Reber HA, Ashley SW. Pancreatic blood flow and its role in the pathophysiology of pancreatitis. J Surg Res. 1998 Feb 15;75(1):81-9.
4.Love JA, Yi E, Smith TG. Autonomic pathways regulating pancreatic exocrine secretion. Auton Neurosci. 2007 Apr 30;133(1):19-34.
5.Türkvatan A, Erden A, Türkoğlu MA, Yener Ö. Congenital variants and anomalies of the pancreas and pancreatic duct: imaging by magnetic resonance cholangiopancreaticography and multidetector computed tomography. Korean J Radiol. 2013 Nov-Dec;14(6):905-13.




