XAYRIDDIN SULTON QISSALARIDA BADIIY TASVIRNING ESTETIK IMKONIYATLARI

Adilova Fanuza Shodiyor qizi

ToshDO‘TAU tayanch doktoranti

Keywords: Qissa, badiiy tasvir, peyzaj, psixologik paralellizm, metafora, estetik imkoniyat


Abstract

Ushbu tezisda Xayriddin Sulton qissalarida badiiy tasvir vositalarining estetik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Adib ijodida metafora, timsol, epitet, ichki monolog, dialog hamda tabiat tasvirlari obrazning ruhiy qatlamlarini ochishda muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatiladi. Ayniqsa peyzaj tasviri voqelikni badiiy-estetik qabul qilish, qahramon kechinmalarini bilvosita yoritish, psixologik paralellizm va kontrast asosida inson ruhiyati bilan uyg‘unlikda ifodalanishi bilan ajralib turadi. “Yozning yolg‘iz yodgori” va “Ko‘ngil ozodadur” qissalarida peyzaj obrazlarining semantik yuklamasi, dramatik dinamikasi hamda ruhiy tahlil bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, dialog, kinoya va ramziy obrazlar vositasida insoniy kechinmalar falsafiy-estetik talqinda namoyon bo‘lishi tahlil etiladi. Gulxaniy obrazining poetik talqini, intertekstual unsurlar, ironik-lirik ohang va metaforik parallelizmlar muallifning individual uslubini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida o‘rganiladi. Xayriddin Sulton qissalarida badiiy tasvir vositalari faqat estetik bezak emas, balki konseptual mazmunni yorituvchi, ruhiy-falsafiy qatlamlarni ochuvchi vosita sifatida namoyon bo‘lishi ta’kidlanadi.


References

1. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Тошкент: Akademnashr, 2018.

2. Sulton X. Ko‘ngil ozodadur. – T.: Yangi asr avlodi, 2019. – B. 97.

3. Қодирий А. Ёзувчи ўз иши тўғрисида. // Қизил Ўзбекистон. 1935 йил, 14 март. (№ 60)

4. Храпченко М.Б. Горизонты художественного образа. – Москва: Художественная литература, 1986.