REPRODUKTIV SALOMATLIKNI SAQLASHDA OLIB BORILAYOTGAN IZLANISHLAR TAHLILI.
Abdumuratova Zarina Shokir qizi
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi assistenti.
Xayitova Shaxnoza Inatullayevna.
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi assistenti.
Keywords: reproduktiv salomatlik, kontrasepsiya, sog’lom turmush tarzi, reproduktiv huquq
Abstract
Reproduktiv salomatlik insoniyat taraqqiyotida, umumiy salomatlikning bir qismi bo‘lib, markaziy zvenoni egallab kelmoqda. U barcha – barchaga, ham erkaklarga, ham ayollarga, vaqt o‘tib erta indin kattalar qatoriga qo‘shilajak bolalar va o‘smirlarga ham taaluqli bo‘lib, ularning butun oilaviy hayotini, uni qanday tashkil etishni, ushbu masalaga oid bo’lgan barcha axborotlardan voqif bo‘lishni, homiladorlik va undan saqlanishning xavfsiz usullari, kontraseptiv vositalar va ulardan foydalanish, ular bilan bog‘liq masalalarda sog‘liqni saqlash tizimi xizmatidan to‘laqonli va erkin foydalanish huquqini, har bir insonning o‘z reproduktiv huquqi mavjudligini hozirgi kunda xar bir o‘smir yosh bilishi kerakligini anglatadi. Reproduktiv salomatlikning yomonlashuviga olib kelayotgan asosiy omillardan biri bu – sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik hisoblanadi.