SURXON VOHASINING TABIIY-GEOGRAFIK SHARHI

Qurbonov Murodjon Normamat o‘g‘li

Termiz davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi

Keywords: Surxon vohasi, Amudaryo, Sheroboddaryo, To‘polondaryo, okrug, Sangardak daryosi.


Abstract

Surxondaryo voxasi O‘zbekistonning eng janubida joylashgan. U o‘z ichiga Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofini o‘rab turgan tog‘larni oladi. Surxondaryo sharqdan va shimoli sharqdan Bobotog‘ va Hisor tog‘lari orqali Tojikiston bilan, shimoli g‘arbda Qashqadaryo bilan chegaralanadi, chegara Chaqchar va Boysun tog‘lari orqali o‘tadi. G‘arbda Turkmaniston bilan bo‘lgan chegara Ko‘hitang tog‘ining suvayirg‘ich qismidan o‘tadi. Janubda chegara Afg‘oniston bilan Amudaryo orqali o‘tgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi.    Surxondaryoni shimol tomonidan Hisor tizmasi o‘rab turadi. Bu tizmaning balandligi 4500-4600 metrga еtadi. O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqi — Hazrat Sulton (4643 m) ham shu tog‘da joylashgan   


References

1. Nafasov T.O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati.T.,―O‘qituvchi,1988., B-170.

2. Baratov P. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi. - T.: O‘qituvchi, 1996. B-114, 239-240

3. T.Xoliyarov. Shimoliy baqtriyaning tarixiy geografiyasi. Monografiya. Termiz – 2023.B-17

4. G‘ulomov.Y “Xorazmning sug‘orilish tarixi Qadimgi zamonlardan xozirgacha.O‘zb SSR Fanlar Akademiyasi nashriyoti.Toshkent 1950-yil 21-b.

5. Qoriyev.M “O‘rta Osiyo tabiiy gografiyasi” O‘zSSR davlat o‘quv-pedagogika nashriyoti” Toshkent.1954.B-171

6. Qobulov.E.A Surxon voxasi xo‘jaligi Toshkent “Akademnashr” 2012 B-112