YANGI UZBEKISTONDA UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI BARPO ETISHNING TARIXIY ZARURATI VA ISTIKBOLLARI (2020 -2030 YILLAR MISOLIDA)
Mengniyazova Nazira
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 1-bosqich tarix mutaxassisligi magistranti
Keywords: Uchinchi Renessans, Yangi O'zbekiston
Abstract
Uchinchi Renessans O'zbekistonning tarixida yangi davrni boshlashni anglatadi. 2020-2030 yillar oralig'ida amalga oshiriladigan islohotlar va innovatsiyalar, mamlakatni jahon miqyosida raqobatbardosh qilishga qaratilgan. Ushbu tezisda, Yangi O'zbekistonda uchinchi renessansni barpo etishning tarixiy zarurati va istiqbollari, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy sohalarda amalga oshiriladigan inqilobiy o'zgarishlar tahlil qilinadi. 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyalar, O'zbekistonda innovatsion iqtisodiyot yaratish, madaniy merosni saqlash, ta'lim tizimini isloh qilish va ekologik barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan. Ushbu davrda mamlakatning ichki va tashqi siyosatidagi islohotlar O'zbekistonni yangi bosqichga olib chiqadi va global miqyosda o'z o'rnini mustahkamlashga yordam beradi.




