YURAK ISHEMIK KASALLIKLARI ASORATLANGANDA DAVOLASH TAKTIKASI
Keywords:
Yurak ishemik kasalligi, miokard infarktiAbstract
Yurak ishemik kasalligi (YIK) — bu yurak mushagining kislorod bilan ta’minlanishi yetishmovchiligi tufayli kelib chiqadigan surunkali yoki o‘tkir holat bo‘lib, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘limning yetakchi sabablaridan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 17 milliondan ortiq kishi yurak-qon tomir kasalliklari, xususan YIK sababli hayotdan ko‘z yumadi. Ayniqsa, YIK asoratlanganda – miokard infarkti, aritmiyalar, yurak yetishmovchiligi, kardiogen shok kabi holatlar vujudga kelganda, bemorning hayotiga tahdid keskin ortadi. Bunday hollarda tezkor, individual va bosqichli davolash taktikasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda yurak ishemik kasalliklari umumiy o‘lim sabablarining 35–40 foizini tashkil qiladi. Shu boisdan bu kasalliklarni erta aniqlash va asoratlar paytida to‘g‘ri davolash strategiyasi dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Yurak qon-tomir kasalliklarini davolash bo‘yicha klinik yo‘riqnomalar”, 2023-yil.
2. ESC Guidelines 2020 – European Society of Cardiology. Management of acute coronary syndromes.
3. Braunwald’s Heart Disease, 11th edition, Elsevier, 2019.
4. A.Z. Galyavich, Kardiologiya. Darslik, Moskva, GEOTAR-Media, 2021.
5. Harrison’s Principles of Internal Medicine, 20th edition. McGraw-Hill Education, 2018.



















