O‘ZBEKISTON TАRIXIY SHАHАR MАRKАZLАRI DIZАYNI STRАTEGIYАLАRI VА SHАHАRNI QАYTА TIKLАSH USULLАRI
Reyimbaev Shuhrat Sa’dullaevich
Toshkent arxitektura-qurilish universtiteti. dotsenti Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi.
Keywords: tarixiy shahar markazlari, dizayn strategiyalari, urbanizatsiya
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonning tarixiy shahar markazlarini qayta tiklash va dizayn strategiyalarini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Shaharlarning madaniy merosini saqlash va zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish muhim vazifa hisoblanadi. Tadqiqot davomida shahar regeneratsiyasi bo‘yicha xalqaro tajribalar o‘rganilib, O‘zbekiston shaharlarini qayta tiklashga oid samarali yondashuvlar ishlab chiqildi. Asosiy e’tibor shahar arxitektura muhitini modernizatsiya qilish, ekologik muvozanatni saqlash, raqamli texnologiyalarni qo‘llash hamda jamoatchilik ishtirokini oshirishga qaratilgan. Ushbu yondashuvlar shaharlarni barqaror rivojlantirishga xizmat qilib, ularning tarixiy qiyofasini saqlab qolishga imkon beradi. Tadqiqot natijalari shaharsozlik siyosatini takomillashtirish va kelajakdagi loyihalarni shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
References
1. Reyimbayev Sh.S. Madaniy merosning me’moriy-tarixiy muhitini saqlash, ta’mirlashning kompleks yechimi va ularni qo‘llab-quvvatlash tizimini qayta tashkil qilish // Arxitektura, qurilish va dizayn. Ilmiy amaliy jurnal. Toshkent. 1/2024. (3-8 betlar)
2. Reyimbaev Sh. Adilov Z., Socio-Ecological Factors of Formation of the Architectural Environment of Streets of Tashkent / Middle European Scientific Bulletin 19/2021.
3. Reyimbaev.Sh.S. Salayev E.A. Creating principles of constructing and preserving the monuments of “Deshan kala”. Educational Research in Universal Sciences 2024/1, (689-694) http://erus.uz/index.php/er/article/view/5690.




