Innovatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqini rivojlantirishning asosiy mаzmuni
Tursunova Saida
Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Keywords: Inovatsion yondashuv, boshlang‘ich ta’lim, og‘zaki nutq, kommunikativ kompetensiya, didaktik o‘yinlar, interfaol usullar, badiiy adabiyot, audiovizual vositalar, refleksiya.
Abstract
Mazkur maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlardan foydalanishning mazmuni va ahamiyatini yoritadi. Bugungi kunda ta'lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishda innovatsion metodlarning tutgan o‘rni juda muhim. Innovatsion yondashuvlar o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, to‘g‘ri muloqot qilish va og‘zaki nutq madaniyatini rivojlantirishga yordam beradi.Maqolada quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqiladi:
- Og‘zaki nutqni rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni.
- Yangi pedagogik usullarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini shakllantirishga ta’siri.
- O‘quvchilarda kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish yo‘llari.
- Og‘zaki nutqni o‘rgatishda didaktik materiallar va interfaol o‘yinlardan foydalanishning samaradorligi.
Innovatsion yondashuvlar asosida og‘zaki nutqni rivojlantirishda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot hamda o‘quv jarayonining faol ishtirokchisi bo‘lishi orqali o‘quvchilarning og‘zaki nutq qobiliyatlarini oshirish ko‘zda tutilgan.
References
1.Amonov, M. (2018). Pedagogik texnologiyalar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqini rivojlantirish. Toshkent: O‘zbekiston pedagogika akademiyasi.
2.G‘afurova, Z. (2016). Nutq madaniyati va til o‘rgatish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.
3.Kamilova, S. (2020). Til o‘rgatishning zamonaviy yondashuvlari. Samarqand: Samarqand davlat universiteti nashriyoti.
4.Sh.M.Mirziyoyev nutqi. Maktablarda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi/ https://president.uz/uz/lists/view/6622
5. Shomirzayev M. Kx. Developing Educational Technologies In School Technology Education //Next Scientists Conferences. – 2022. – P. 17
6. Tursunova Saida Isakovna Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining og’zakini nutqini shakllantirish pedagogik muammo sifatida.
7.Tursunova Saida Isakovna. (2022). Pedagogical bases of nationalization of school education. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 456–461. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/P8MNR