ABDULLA QAHHOR ASARLARDA SINONIMLIK XODISASI
Abdambetova Gulnara Tursinbayevna
Qorao’zak tumani 26-maktab o’qituvchisi
Abstract
Abdulla Qahhor o‘zbek milliy tili taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan yirik so‘z san’atkoridir. Adib tilimiz ma’naviyativiz taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shib, axloqiy qadriyatlarni ulug‘lagan. “Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”. Zero, adib asarlarining shuhrati, sevilib o‘qilishi unda axloqiy qadriyatlarning ustunligi, qo‘llangan so‘z, iboralarning «ko‘pchilik xumdonidan pishib chiqqan yangi hayot ayvoniga ustun bo‘lish» darajasida fikr bezagi, nutqimiz ko‘rki vositasi ekanligidir. Mazkur g‘oyaviy estetik aksiomaga Abdulla Qahhor o‘zining butun ijodiy faoliyati davomida ulug‘ yozuvchilar singari milliy nutq madaniyati taraqqiyotini kuzata borib, uning takomillashuvi, silliqlashuvi yangi so‘z shakllari, iboralar bilan boyishini o‘ziga xos lug‘aviy birliklar qo‘llash uslubi bilan erishganligi shubhasizdir. Bu jihatdan adib qo‘llagan zaharli so‘z, olovli qamchi, erkak sabzi singari ko‘plab o‘xshatishlar, falsafa sotmoq, nasiyaga mol so‘ramoq, keraksiz pardani ko‘tarmoq singari yuzlab frazeologik birliklar, oq poshsho bo‘lmasa, ko‘k poshsho bo‘lar, eshakni yashirsangiz hangrab sharmanda qiladi kabi qator maqollarning uslubiy qo‘llanishi, alohida diqqatga sazovor bo‘lgan lug‘aviy vositalardir
References
Uldawlet, D. (2021). PSYCHOLOGICAL MECHANISMS THAT INCREASE THE EFFECTIVENESS OF THE EDUCATIONAL PROCESS. Open Access Repository, 1(02), 52-53.
Norov, I. K., Shirinova, N. A., & Yuldasheva, S. S. (2020). BADIIY ASARNI TAHLIL QILISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH. In Молодой исследователь: вызовы и перспективы (pp. 124-126).
CONFERE, I. P. (2020). Eurasian Education, Science and Innovation.
Gulmurza, K. (2021). Synonymy in Uzbek and Karakalpak Phrases with the Concept of" Speech". American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(6), 98-103.
Yuldosheva, N. E. (2021). UZBEK LANGUAGE SYNTAX RESEARCH METHODOLOGY. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2021(06), 370-380.